Prava testiga 14 kunda tayyorlanish rejasi
63 bilet ko'p tuyuladi, lekin kuniga 30–40 daqiqa ajratsangiz, ikki haftada bazani to'liq aylanib chiqib, xatolaringizni ham yopib ulgurasiz. Mana sinalgan reja.
1–3-kun: tanishuv
Har kuni 3 ta bilet yeching, vaqtga qaramang. Maqsad baho emas, savollar uslubiga ko'nikish. Har bir xato javobdan keyin izohni o'qing.
4–9-kun: asosiy bosqich
Kuniga 6–8 ta bilet. Shu bosqichda 63 biletning hammasini kamida bir marta yechib chiqasiz. Kun oxirida 10 daqiqani "Xatolar" bo'limiga ajrating.
10–12-kun: xatolarni yopish
Yangi bilet emas, faqat xato qilgan savollaringiz va yiqilgan biletlaringiz. Har bir mavzu bo'yicha qoidaning o'zini YHQ'dan o'qib chiqing. Random test bilan biletni yodlab olmaganingizni tekshiring.
13–14-kun: imtihon simulyatsiyasi
Kuniga 3–4 marta to'liq imtihon rejimi: 20 savol, vaqt cheklovi, 2 ta xato chegarasi. Ketma-ket 5 marta o'tsangiz, haqiqiy imtihonga tayyorsiz.
Imtihon kuni
- Uyquga to'ying, ertalab yangi narsa o'qimang
- Har bir savolni oxirigacha o'qing
- Bilmagan savolni o'tkazib yuboring va oxirida qayting
Rejani Rulio'da bepul boshlang: birinchi 5 bilet bepul.